Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotining 2-kunida tibbiyot xizmatlarining shayligi sinovdan o‘tkazildi
2026-05-13 09:00:00 / Yangiliklar

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotining 2-kuni doirasida tuman Tibbiyot birlashmasining saf ko‘rigi o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va samarali harakat qilish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Unda tibbiyot xodimlarining shayligi, maxsus texnika va tibbiy vositalarning holati, tez tibbiy yordam brigadalarining amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda tibbiyot muassasalariga yetkazish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. Shuningdek, mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik, tezkor axborot almashinuvi va muvofiqlashtirilgan harakatlar jarayoni ham amaliy tarzda namoyish etildi.
O‘quv mashg‘ulotidan ko‘zlangan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash, tibbiyot xizmatlarining tezkorligini oshirish hamda mavjud kuch va vositalarning tayyorgarlik holatini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.



