9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tumanimizning “Surhon sohili” mahallasida istiqomat qiluvchi 102 yoshli onaxon Nazarova Mingnor momo holidan xabar olindi.
2026-05-09 11:00:00 / Yangiliklar

Onaxon bilan samimiy suhbat jarayonida u o‘zining hayot yo‘li, boshidan kechirgan sinovli yillari hamda bugungi tinch va farovon hayot uchun shukronalik hissi bilan o‘rtoqlashdi.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rliklar yoshi ulug‘ insonlarimizni qadrlash, ularning hayotiy tajribasidan saboq olish, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



