🇺🇿 Xotira va qadrlash — millatga sadoqat timsoli!
2026-05-09 07:10:00 / Yangiliklar

9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Qumqo‘rg‘onda “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatildi.
Bu ramziy lenta — xalqimizning jasoratli ajdodlari xotirasiga hurmat, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur ifodasidir. Har bir yurakda ona yurtga sadoqat, ajdodlar jasoratiga ehtirom tuyg‘usi yanada mustahkamlanmoqda.
🇺🇿Ko‘ksimizda hilpirayotgan sharaf lentasi — bu shunchaki ramz emas, balki g‘ururimiz, sha’nimiz va birligimiz timsolidir.
Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash — barchamizning muqaddas burchimizdir.





