Mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
2026-05-08 14:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan “Arslonboyli” mahallasi og‘ir toifaga kiritilib, hududda aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari belgilangan.
Mazkur loyiha doirasida 3.5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 2,5 km piyodalar yo‘lakchasi qurish, elektr tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha 4 km yangi tarmoq tortish va 1 dona yangi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, hozirda mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari uchun yo‘l qatlami maxsus texnikalar yordamida qum-shag‘al to‘kilib tekislash va zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda hamda elektr tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha beton ustunlar olib kelinib o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.




