Tadbirkorlar muammolari joyida o‘rganilib, yechimlar belgilandi
2026-05-06 17:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Farrux Xoliqov rahbarligida tegishli soha rahbarlari ishtirokida tumanimizning “Bo‘ston” mahallasi Qizilqoya massivida tashkil etilgan limonchilik kompleksi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, oqova suv tizimi, elektr ta’minoti hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.



