Tadbirkorlar faoliyati o‘rganilib, masalalar bartaraf etildi
2026-04-30 08:55:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Farrux Xoliqov rahbarligida tegishli mas’ullar ishtirokida tumanning “Azlarsoy” mahallasida joylashgan “Azlarsoy-2” kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi ishlab chiqarish korxonalarining bugungi holati, mavjud imkoniyatlar hamda ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi.
Shuningdek, tuman hokimi tadbirkorlar bilan muloqot davomida ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi


