Kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida amaliy qadam
2026-04-01 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 158-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimligida tuman hokimi Farrux Xoliqov rahbarligida tumanimizda kambag‘allar reyestrida ro‘yxatda turuvchi 30 nafar ishsiz fuqarolarga ssuda asosida yuk tashuvchi motorollerlar tarqatildi.
Mazkur tashabbus aholining bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda oilaviy byudjetini mustahkamlashga qaratilgan. Motorollerlar orqali fuqarolar yuk tashish xizmatlarini yo‘lga qo‘yib, o‘z biznes faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu kabi amaliy choralar kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda hududda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


