Qumqo‘rg‘on dehqon bozorida yarmarka faoliyati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
2026-03-19 11:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz topshiriqlari ijrosi hamda muborak Ramazon oyi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanidagi dehqon (oziq-ovqat) bozorida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi samarali tashkil etilib, aholiga qulay va maqbul sharoitlar yaratilmoqda.
Shu bilan birga, bozorlarda savdo jarayonlarini tartibli, xavfsiz va shaffof tashkil etish maqsadida raqamlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Zamonaviy tizimlarni joriy etish orqali savdo samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, tuman hokimi F.Xoliqov, tuman prokurori Sh.Akramov, tuman IIB boshlig‘i M.Amanturayev hamda tuman Soliq bo‘limi boshlig‘i B.Turdiyevlar rahbarligida bozorda amalga oshirilayotgan ishlar holati joyida o‘rganildi. Jarayonda situatsion markaz faoliyati, raqamlashtirish bosqichlari, erishilgan natijalar hamda tushum ko‘rsatkichlari yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.
Shuningdek, Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan yarmarka faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-epidemiologik holat hamda savdoning tartibli tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida yarmarka faoliyatini yanada kengaytirish, aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur mahsulotlarni barqaror va maqbul narxlarda yetkazib berish, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda bozorda tartib va shaffoflikni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


