Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy yordam
2026-03-09 13:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 158-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun tumanimizda kambag‘allar reyestrida ro‘yxatda turuvchi 300 ga yaqin fuqaroga jami 45 tonna kartoshka urug‘i tarqatildi. Mazkur yordam orqali fuqarolar o‘z tomorqalariga kartoshka ekib, oilasining oziq-ovqat zahirasini ko‘paytirish, tomorqadan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, tarqatilgan kartoshka urug‘lari fuqarolar tomonidan o‘z tomorqalariga ekilib, oilaning oziq-ovqat zahirasini kengaytirish, ortiqcha hosilni sotish orqali qo‘shimcha daromad manbaini yaratish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash hamda tomorqadan samarali foydalanish mexanizmini yanada keng joriy etishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, tomorqachilik va dehqonchilikni rivojlantirish orqali fuqarolar daromadini oshirish borasida manzilli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.


