"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig'ilish bo'lib o‘tdi.
2026-02-13 10:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanida ham bu borada bir qancha tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, tuman hokimining ijro apparati rahbari Ch.Shaymuratov boshchiligida tuman hokimligi apparati xodimlariga "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarda halollik, shaffoflik va qonunchilikka qat’iy rioya qilish madaniyatini shakllantirishga qaratildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, uni yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiya holatlariga qat’iy chek qo‘yish, halol mehnat qilish va xizmat majburiyatlarini to‘liq bajarish kabi masalalar keng muhokama qilindi.


