Qumqo‘rg‘on tumanida 2026-yil g‘alla hosili uchun seminar tashkil etildi
2026-01-07 17:00:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida viloyat prokurorining ishchi guruhi tomonidan tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda 2026-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalari muhokama qilindi.
Xususan, g‘alla ekinlariga ishlov berish, suspenziya qilish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, mahalliy o‘g‘itlardan samarali foydalanish, xandak qazish va g‘allani sharbat usulida sug‘orish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sug‘orish tizimlarini yaxshilash maqsadida ariq va zovurlarni qazish hamda ularni has-xashaklardan tozalash ishlarini tez fursatlarda yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
Seminar davomida fermerlarga amaliy ko‘rsatmalar berilib, kelgusi hosildorlikni oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.



