Qumqo‘rg‘on tumanida 2026-yilgi boshoqli dondan yuqori hosildorlik olish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi
2026-01-04 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari Ismoilov Farhodjon Vahobovich boshchilik qildi. Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, klaster va agrosanoat korxonalari vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida boshoqli don ekinlarini parvarishlash, oziqlantirish, sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali hosildorlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajribali olim va mutaxassislari tomonidan boshoqli don ekinlarini yuqori hosil bilan yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan agrotexnik tavsiyalar berildi.


