Yangi yil tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
2025-12-19 21:25:00 / Yangiliklar
Qumqo‘rg‘on tumani aholisi va mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, bayram shukuhini yanada oshirish maqsadida tumanning “Surxon sohili” mahallasida joylashgan “Yoshlar” istirohat bog‘ida Yangi yil bosh archasi qad rostladi.

Shu munosabat bilan bugun Yangi yil bayram tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish tuman hokimi Anvar Normamatov rahbarligida o‘tkazilib, unda tegishli soha rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi A.Normamatov, tuman prokurori Sh.Akramov hamda tuman IIB boshlig‘i M.Amanto‘rayevlar tomonidan bayram tadbirlarini o‘tkazish jarayonida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Tumanimiz aholisi va mehmonlarini Yangi yil shukuhi va bayramona kayfiyat ulashuvchi qulay hamda fayzli dam olish maskaniga taklif etamiz.


