Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi masalalar muhokama qilindi
2025-12-18 11:10:00 / Yangiliklar
Tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Anvar Normamatov rahbarligida soha mutaxassislari, fermer xo‘jalik rahbarlari hamda mas’ul tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda irrigatsiya tizimlaridan oqilona foydalanish mavjud ariqlar va kollektorlarni o‘z vaqtida tozalash va bitonlash ishlarini olib borilishi, kuzgi shudgarlash ishlarini jadallashtirish, 2026-yil paxta hosili uchun chigit ekish texnikalarni shay holatga keltirish va boshqa masalalar alohida qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Paxtachilik va gʻallachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-370 (https://lex.uz/uz/docs/-7889484)-sonli qarori yuzasidan fermer xo‘jaliklariga tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan yig‘ilish so‘ngida sohada belgilangan ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi hamda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan tizimli ish olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



