Tumanda shudgorlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda
2025-12-09 15:30:00 / Yangiliklar

Mavsumiy agrotexnik tadbirlarning izchil amalga oshirilishi doirasida barcha fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlarini sifatli tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shudgorlash jarayonlari belgilangan reja-grafik asosida tashkil etilib, mavjud texnika to‘liq safarbar etilgan.
Tuman hokimi Anvar Normamatov boshchiligida mas’ul tashkilotlar tomonidan jarayonning uzluksizligi va bajarilayotgan ishlarning sifat ko‘rsatkichlariga qat’iy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar kelgusi ekin mavsumini yuqori samaradorlik bilan o‘tkazish, shuningdek, tuman qishloq xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.




