Qishloq va suv xo‘jaligidagi vazifalar ijrosi o‘rganildi
2025-12-08 14:00:00 / Yangiliklar

Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Anvar Normamatov mas’ullar bilan birgalikda dastlab “S.Baymatov" paxta qabul qilish maskanida bo‘lib, u yerda bahorgi mavsum oldidan qishloq xo‘jaligi texnikalari ta'mirlash jarayoni o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ullarga qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng tumanning "Sharof Mirzayev" hududidagi "Feruz Akmalovich" fermer xo‘jaligi dalasida ariqlarni bitonlash ishlari bilan tanishdi hamda shu yerni o‘zida "Sh.Mirzayev", "Qumqo‘rg‘on", "Kamolat" va "N.Mirzayev" hududlaridagi fermer xo‘jalik rahbarlariga yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda irrigatsiya tizimlaridan oqilona foydalanish mavjud ariqlar va kollektorlarni o‘z vaqtida tozalash va bitonlash ishlarini olib borilishi, kuzgi shudgarlash ishlarini jadallashtirish va boshqa masalalar alohida qayd etildi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan yig‘ilish so‘ngida sohada belgilangan ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi hamda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan tizimli ish olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.





