Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi
2025-12-06 15:30:00 / Yangiliklar

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan "Korrupsiyasiz tibbiyot" mavzusida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Tadbirda jamoatchilik faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi. Unda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tarmoq muassasalaridagi ochiqlik va shaffoflikka qaratilgan mexanizmlar tanishtirildi.
Shuningdek, DMED va raqamlashtirish tizimlari orqali tibbiy xizmatlarni shaffof va tezkor ko‘rsatish imkoniyatlari, HR ARGOS orqali xodimlarni ishga qabul qilish jarayonidagi ochiqlik va adolat mezonlari, bemorlar uchun Elektron retsept tizimi hamda Reimbursatsiya – bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimda yo‘lga qo‘yilgan yangi mexanizmlarni amalda ko‘rib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.



