📚 Ta’lim sifati — kelajak poydevori
2025-12-01 18:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Anvar Normamatov “Yangiyer” mahallasiga tashrifi davomida mahallada yoshlar uchun tashkil etilgan “DREAM EDUCATION” o‘quv markazidagi ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur markaz yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning bilimini oshirish va kelajakda munosib kasb-hunar egallashlariga ko‘mak berish maqsadida faoliyat yuritib kelmoqda.
Uchrashuv chog‘ida hokim va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida samimiy va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Anvar Normamatov yurtimizda yoshlar ta’limi va kelajagini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, markazda tahsil olayotgan yoshlar ham o‘zlarining kelajakdagi orzu-rejalari, tanlagan yo‘nalishlari va maqsadlari haqida fikr bildirishib, tuman rahbari bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar qalbida yangi maqsadlar, kuchli intilish va o‘z ustida tinimsiz ishlashga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirdi.



