"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig'ilish bo'lib o‘tdi.
2025-11-14 15:00:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanida ham bu borada bir qancha tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig‘ilish bo'lib o‘tdi.
Darhaqiqat, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunda nihoyatda dolzarb masala bo‘lib, bu borada nafaqat mas'ul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir. Qayerdadir ta'magirlik, poraxo‘rlik holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq bo‘lmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini tag tomiri bilan quritishga qaratilgan say-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmog‘imiz burch va mas'uliyatimizga aylanmog‘i darkor.



