Eron delegatsiyasi Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi
2025-11-09 09:00:00 / Yangiliklar
Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi Xosseyn Ali Amiriy boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari tumandagi "Qumtex Invest" MCHJ korxonasi tomonidan tashkil etilgan "Tayyor mato ishlab chiqarish va matoni bo‘yash" loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda ular ip kalavadan tayyor mato ishlab chiqarish jarayoni hamda tayyor matoga gul bosish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Keyingi manzil "Agro Processing Group" MCHJ korxonasi tomonidan tashkil etilgan "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash" loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar tashrif yakunida ushbu ishlab chiqarish korxonalaridagi mahsulotlar sifatini yuqori baholab, ushbu yo‘nalishlarda ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidladi.



