Qoʻngʻirot tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish DASTURI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga
2.14-ILOVA
Qoʻngʻirot tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish
DASTURI
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbasi |
Muddati |
Masʼullar |
|
I. Sanoatni rivojlantirish kichik dasturi |
|||||
|
1. |
Tumandagi kichik, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi 1,1 gektar yer maydonlarda 9 ta loyihani amalga oshirish. |
1. Tumandagi sanoat zonalari aqida maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot qilib borish. |
Hisob-kitoblarga asosan (bank krediti, tashabbuskor mablagʻlari) |
2025-yil may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
2. Ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirgan tashabbuskorlarga sanoat zonalaridagi auksionda sotilmasdan turgan lotlarni taklif qilish. |
2025-yil iyun |
||||
|
3. Aniqlangan loyiha tashabbuskorlari manzilli roʻyxatini shakllantirish. |
2025-yil iyun |
||||
|
4. Zarur hollarda bank kreditlarini ajratishda amaliy yordam koʻrsatish. |
2025-yil iyul |
||||
|
5. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish. |
2025-yil oktabr |
||||
|
2. |
Past quvvatda faoliyat koʻrsatayotgan 8 ta sanoat korxonalari quvvatlarini oshirish. |
1. Past quvvatda faoliyat koʻrsatayotgan 8 ta korxonani muammolarini oʻrganish. |
Hisob-kitoblarga asosan |
Doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
2. Muammolar hal etilishi yuzasidan har oy yakuni bilan tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi “sanoat shtabi”ga axborot berib borish. |
Har oy yakuni bilan |
||||
|
3. Har oy yakuni bilan ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan korxonalar roʻyxatini shakllantirib, yuzaga kelgan muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan manzilli ishlash. |
doimiy |
||||
|
3. |
Tumandagi “Barsakelmas” yirik tuz koni zaxirasidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida kon hududida 50 gektar (temir yoʻlga yaqin hududda) maydonda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Barsakelmes Salt — Uzbekistan” kichik sanoat zonasini va Raoʻshan mahalla hududida 50 gektar yer maydonda kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan sanoat zonalarini tashkil etish. |
1. Mazkur sanoat zonasi hududida joylashtiriladigan tuzni qayta ishlash korxonalariga energiya resurslari tarmoqlarini tortish va muqobil yoqilgʻi turiga moslashtirish orqali hududni “Yashil energiya” tamoyiliga muvofiqlashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Hisob-kitoblarga asosan (bank krediti, tashabbuskor mablagʻlari) |
2025-yil may |
Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. 50 gektar maydonda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Barsakelmes Salt — Uzbekistan” kichik sanoat zonasini va Raoʻshan mahalla hududida 50 gektar yer maydonda kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan sanoat hududi tashkil etish. |
2025-yil iyul |
||||
|
3. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
II. Xizmatlar sohasini rivojlantirish kichik dasturi |
|||||
|
4. |
A-380 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining tumanning “Adebiyat” OFY hududidan oʻtgan 1 km qismining 10 gektar yer maydonida xizmat koʻrsatish va servis loyihalarini amalga oshirish. |
1. “Adebiyat” OFY hududidagi 10 gektar yer maydonida xizmat koʻrsatish va servis loyihalarini joylashtirish boʻyicha loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. |
Hisob-kitoblarga asosan (mahalliy budjeti mablagʻlari) |
2025-yil may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi |
|
2. Loyiha konsepsiyasi asosida hududni zarur infratuzilma bilan taʼminlash. |
2025-yil iyun |
||||
|
3. Xizmat koʻrsatish va servis loyihalarini joylashtirish maqsadida ajratilgan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
4. Loyihalarni ishga tushirish boʻyicha tarmoq jadvali ishlab chiqib, tarmoq jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
5. |
“Dovud ota”, “Bugʻroxon ota” va “Paygʻambar qizi” kabi yirik ziyorat obyektlarida Ziyorat turizmini hamda Ustyurt tekisligida Sahro turizmi tashkil qilish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tumandagi Ustyurt tekisligida koʻngilochar va ziyorat turizmi yoʻnalishlari hamda konsepsiyasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. |
Hisob-kitoblarga asosan (mahalliy budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari) |
2025-yil may |
Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Ishlab chiqilgan konsepsiya asosida tashabbuskor tadbirkorlar bilan birgalikda tadbirlarni tashkil etish. |
2025-yil sentabr |
||||
|
3. Tumanda “Ustyurt moʻjizalari” Xalqaro Festivalini tashkil etilishini taʼminlash. Bunda, Festival doirasida tarixiy obyektlar va ziyoratgohlarga ekspeditsiyalar va infoturlar tashkil etish, milliy ot sporti oʻyinlari, hunarmandlar, folklor va jirau-baxshilar tanlovlari, sahro taomlari, tuyalar sayli, oʻtovlar va milliy liboslar koʻrgazmalari kabi qiziqarli tadbirlar oʻtkazishni nazarda tutish. |
2025-yil davomida |
||||
|
6. |
Qoʻngʻirot tumani “Oʻrnek” OFY hududidagi 104 gektar hududning ishlab chiqilgan master reja asosida loyihalarni amalga oshirish. |
1. Master reja asosida yer maydonlari toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. |
Hisob-kitoblarga asosan |
2025-yil may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi |
|
2. Master reja asosida yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish. |
2025-yil sentabr |
||||
|
3. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuskorlarni jalb qilish. |
2025-2026-yillar |
||||
|
7. |
Tuman markazidan oqib oʻtuvchi “Jinishke” kanalining 2,5 km qismida xiyobon tashkil etish, kichik savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini joylashtirish uchun zaruriy infratuzilma bilan taʼminlash. Bunda, 9 km piyodadalar yoʻlagi, 5 km velo yoʻlaklar, 4 km elektr tarmoqlari, 4 dona transformator, 5 km suv boʻyiga panjara, 350 dona tungi yoritgichlar, 2 ta koʻprikni taʼmirlash, 3 ta favvora yangidan qurish, 53 ta besedka qurish, 3 ta piyodalar koʻprigini yangidan qurish, 5 km sugʻorish tizimini yaxshilash, 5 km oraliqda har xil manzarali daraxtlar ekish, 200 dona skameyka oʻrnatish ishlarini tashkil qilish. |
1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
22,9 mlrd soʻm (respublika budjeti mablagʻlari) |
2025-yil aprel |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
|
2. Qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudrat tashkilotlarini belgilangan tartiblar asosida tanlab olish. |
2025-yil aprel |
||||
|
3. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish. |
2025-yil sentabr |
||||
|
4. Loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish. |
2025-yil oktabr |
||||
|
III. Qurilishni rivojlantirish kichik dasturi |
|||||
|
(tuman markazini yashash va dam olish uchun jozibador hududga aylantirish va qiyofasini zamonaviylashtirish yoʻnalishida) |
|||||
|
8. |
Respublika va mahalliy ahamiyatdagi hamda ichki avtomobil yoʻllari infratuzilmasini yaxshilash. Jumladan: 13,4 km asfalt qoplamasini yotqizish; 22,9 km piyodalar yoʻlagini qurish; 2 903 dona tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish. |
1. 2026-yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
Loyiha smeta hujjatlari asosida (respublika budjeti) |
2025-yil dekabr |
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Dastur doirasida mablagʻlar ajratilgandan soʻng belgilangan tartiblar asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish. 3. Loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish. |
2026-2027-yillar |
||||
|
9. |
Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Qoʻngʻirot tumanidagi 22 ta mahallalarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihasini yakuniga yetkazish |
Mahallani toza ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish boʻyicha takliflarni kiritish |
Loyiha smeta hujjatlariga asosan (XMI mablagʻlari) |
2025-yil iyul |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzsuvtaʼminot”AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
10. |
Tuman markazida joylashgan eski shifoxonani bosh rejaga muvofiq 5 — 7 qavatli zamonaviy loyiha asosida yagona binoda barcha xizmatlar va boʻlimlarni oʻzida mujassamlashtirgan tibbiyot majmuasini qurish. |
1. 2026-2027-yillar investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
Loyiha smeta hujjatlariga asosan (respublika budjeti mablagʻlari) |
2025-yil noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
2. Bosh rejaga muvofiq tanlangan hududda buzilishi zarur boʻlgan 26 ta noturar va 13 ta turar obyektlarni buzish choralarini koʻrish. 3. Dastur doirasida mablagʻlar ajratilgandan soʻng belgilangan tartiblar asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish. 4. Loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish. |
2026-2027-yillar davomida |
||||
|
11. |
“Qoraqalpogʻiston” koʻchasidagi 115 ta turar va 10 ta noturar joylar, “Abdullayev” koʻchasidagi 2 ta noturar, 1 ta 2 qavatli koʻp qavatli uy joylar hamda “Jinishke” kanal boʻyidagi 11 noturar joylar oʻrnida zamonaviy loyihalar asosida energiya tejamkor 5 — 7 qavatli turar-joy binolar va xizmat koʻrsatish obyektlarni qurish |
1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Loyiha smeta hujjatlariga asosan (tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari) |
2025-yil aprel |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
2. Tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish. |
2025-yil noyabr |
||||
|
3. Loyihalarni foydalanishga topshirish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
IV. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish kichik dasturi |
|||||
|
12. |
Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish. |
1. Tumanda jami 800 gektar yer maydonlarini foydalanishga kiritish. |
Hisob-kitoblarga asosan |
2025-yil mobaynida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi |
|
2. Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining xulosasi; |
2025-yil aprel |
||||
|
3. Yer maydonlarini oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar hamda moliyaviy manbalariga aniqlik kiritish. |
2025-yil aprel |
||||
|
4. Yer maydonlarini foydalanishga kiritish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish. |
2025-yil aprel |
||||
|
5. Tuman komissiyasi tomonidan yer maydonlarini foydalanishga kiritilganligi boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar asosida qabul qilish. |
2025-yil sentabr |
||||
|
13. |
“Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan tumandagi “Kiyet” ovul fuqarolar yigʻinida 13 nafar fuqarolarga ijaraga berilgan 15 gektar yer maydonida “Kiyet diyxanlari” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida loyiha amalga oshirish. |
1. Fuqarolarga ijaraga berilgan yer maydonida kooperatsiya tashkil etish. |
Hisob-kitoblarga asosan (dehqon xoʻjaliklari mablagʻlari, bank krediti mablagʻlari) |
2025-yil aprel |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari |
|
2. Mazkur yer maydonlarida brokolli karami va boshqa yuqori daromadli ekinlar ekilishini tashkil etish. |
2025-yil aprel |
||||
|
3. Mazkur maydonlardagi hosillarni eksportga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish. |
2025-yil sentabr |
||||
|
14. |
Tashkil etilganiga uzoq muddat boʻlgan, eskirgan va samarasiz bogʻlarni rekonstruksiya qilish hamda yangi intensiv, sanoatlashgan bogʻ va uzumzorlar barpo etish. |
1. Tashkil etilganiga uzoq muddat boʻlgan 32,9 gektar bogʻ va uzumzorlarni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil qilish. |
Hisob-kitoblarga asosan (tashabbuskorlar mablagʻlari, bank krediti va XMIlarning imtiyozli mablagʻlari) |
2025-yil sentabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi |
|
2. Rekonstruksiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari va XMIdan qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish uchun jalb qilingan imtiyozli mablagʻlarni safarbar qilish. 3 Bogʻ barpo etish uchun koʻchat ekish ishlarini oʻz muddatida sifatli tashkil etish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
15. |
Qoʻngʻirot tumanida baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish orqali baliq yetishtirish hajmini oshirish. |
1. “Raxat baliqshiluq koli” MCHJda 2 gektar sunʼiy koʻl tashkil etish va baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish. |
300 mln soʻm (tashabbuskor mablagʻlari) 300 mln soʻm (tashabbuskor mablagʻlari) 500 mln soʻm (bank krediti) |
2025-yil oktabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
2. “Oqchinkoʻl oʻrdak” fermer xoʻjaligida 2 gektar sunʼiy koʻl tashkil etish va baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish. |
2025-yil oktabr |
||||
|
V. Ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi |
|||||
|
16. |
Tumandagi mavjud 4 ta umumtaʼlim maktablarini toʻliq zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlash. |
1. Tumandagi mavjud umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlanganlik darajasini xatlovdan oʻtkazish. |
Hisob-kitoblar asosida (mahalliy budjeti mablagʻlari) |
2025-yil aprel |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Xatlov natijalariga zamonaviy kompyuter jihozlariga boʻlgan talabni shakllantirish. |
2025-yil may |
||||
|
3. Zaruriy kompyuter jihozlarini xarid qilish uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan zaruriy mablagʻlarni ajratish. |
2025-yil iyul |
||||
|
17. |
Ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etish. |
1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini ijtimoiy soha obyektlari roʻyxatini shakllantirish; |
Hisob-kitoblar asosida (yashil energiya mablagʻlari) |
2025-yil aprel |
Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
2. Tanlangan ijtimoiy soha obyektlariga quyosh panellari oʻrnatuvchi “Yashil energiya” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan shartnomalarni imzolash; |
2025-yil iyun |
||||
|
3. Obyektlarni foydalanishga topshirish. |
2025-yil noyabr |
||||
|
18. |
110 ta tadbirkorlik subyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etish. |
1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini shakllantirish. |
Hisob-kitoblar asosida (tashabbuskor mablagʻlari va bank krediti) |
2025-yil aprel |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Energetika vazirligi, tijorat banklari |
|
2. Zarur hollarda bank kreditlarini ajratishda amaliy yordam koʻrsatish. |
2025-yil may |
||||
|
3. Obyektlarni foydalanishga topshirish. |
2025-yil noyabr |
||||
|
19. |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli samarasiz foydalanilayotgan “Sport zal” va katta “Futbol oʻyingohini”ni tuman hokimligiga topshirish va “Yaxlit sport majmuasi” yaratish |
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli samarasiz foydalanilayotgan oʻyingohlarini tuman zaxirasiga topshirish boʻyicha hujjatlar tayyorlash. |
Hisob-kitoblar asosida (tashabbuskor va bank krediti mablagʻlari) |
2025-yil aprel |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Loyihani amalga oshirish uchun davlat xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish. |
2025-yil may |
||||
|
3. Zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan qurilish ishlarini olib borish. |
2025-yil noyabr |
||||
|
4. Obyektlarni foydalanishga topshirish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
20. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ushbu binoda zamonaviy “IT-markazi” tashkil etish hamda oʻquvchilarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish |
1. Qoʻngʻirot tumani “Azatliq” MFY, Qoraqalpogʻiston koʻchasi 77/1-uyda joylashgan Oʻzarxiv agentligining binosini operativ boshqaruv huquqi asosida topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq tuman hokimligiga oʻtkazish. |
Hisob-kitoblar asosida |
2025-yil iyun |
Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Binoni taʼmirlash, saqlash, jihoz, kompyuter hamda boshqa vositalar bilan taʼminlash. |
2025-yil iyul |
||||
|
3. Taʼlim jarayonlari “Raqamli taʼlimni rivojlantirish” markazi tomonidan tashkil etiladi hamda taʼlim jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq moliyalashtirilish. |
2025-yil avgust |
||||
