Kasbiy rivojlanish kuni – ta’lim sifatini yuksaltirish sari muhim qadam
2025-10-08 17:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-sonli buyrug‘i hamda 2025-yil 8-sentyabrdagi 336-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘ng‘irot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida 2025–2026-o‘quv yilining "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari o‘z ishini boshladi.
Mazkur tadbir doirasida 41-sonli "Ijtimoiy fanlar" uchun ixtisoslashtirilgan tayanch maktabida ilk uchrashuv tashkil etilib, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quv jarayonida zamonaviy metodikalarni qo‘llash va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faolligini oshirishga qaratilgan interaktiv darslar tashkil etilib, ularda yangi metod va texnologiyalarni qo‘llash tajribasi namoyish etildi.
---------------------------------
G.Toreyeva
Qońirat rayoni Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw bólimi "Oqiwshilar bilimin bahalaw,analiz etiw hám pedagoglardiń kásiplik rawajlaniwin muwapiqlastiriw" sektori metodisti





