Qo‘ng‘irot tumani to‘qsonbosdi ekinlarida agrotexnik ishlari olib borilishi ko'zdan kechirildi
2025-10-08 10:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida 2026-yil hosili uchun fermer, dehqon va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 2025-yil avgust–sentyabr oylarida jami 25 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari ekilishi belgilab olindi. Shundan 8 gektariga piyoz, 17 gektariga esa sarimsoqpiyoz ekildi.
Bugungi kunga kelib Qo‘ng‘irot tumanida rejalashtirilgan 25 gektar (100 foiz) maydonga mazkur ekinlar ekilib, agrotexnik ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-oktyabr kuni O‘zbekiston fermerlari kengashi bo‘lim boshlig‘i M. Muxammadiyev va Qoraqalpog‘iston fermerlari kengashi raisi o‘rinbosari F. Bekanov hamkorligida Adabiyot OFY hududida joylashgan “Aziz Barmen” MChJga qarashli bog‘ qator oralariga ekilgan piyoz va sarimsoqpiyoz maydonlari ko‘zdan kechirildi hamda agrotexnik tadbirlarning bajarilishi o‘rganildi.
Shuningdek, Tuman fermerlar kengashi raisi va Buxgalteriya markazi agronomi tomonidan aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, eksportbop ekinlarni ekish bo‘yicha fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.




