“Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2025-09-16 11:00:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari o‘rtasida “Eng namunali xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘z mahallalarida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy ta’lim olishi, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha taqdimot va videoroliklar orqali o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.
Ko‘rik-tanlov yakunida eng faol va tashabbuskor xotin-qizlar taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Natijalarga ko‘ra, “Suenli” OFY xotin-qizlar faoli Nisanbayeva Nargiza Tagabergenovna 1-o‘rinni egallab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.









