"ACWA Power" loyihasi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-08-19 15:00:00 / Yangiliklar

Bugun Qo‘ng‘irot tumani majlislar zalida "ACWA Power" loyihasi qurilishi bo‘yicha muhim uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Qo‘ng‘irot tumani hokimi B. Madaminov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki, IBIS kompaniyasi(Singapur), ACWA Power(Saudiya Arabistoni), EcoConsult(Iordaniya) va Social Essence (Janubiy Afrika) kompaniyasi vakillari va "ACWA Power" kompaniyasining Davlat tashkilotlari bilan ishlashish bo'yicha menejeri A.Kamalov va kompaniya vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, shuningdek, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va aholiga keltirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Osiyo taraqqiyot banki vakillari tomonidan bildirilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar va javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv loyihaning ochiqlik, shaffoflik va xalqaro talablar asosida amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.





