Tuman hokimi sanoat korxonalari faoliyatini o‘rgandi
2025-08-13 17:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi sanoat korxonalari faoliyatini o‘rgandi

Qo‘ng‘irot tumani hokimi B. Madaminov tumandagi yirik sanoat obyekti — neft mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi “FACTORY PROCESSING GAZ OIL” MChJ da bo'ldi.
Tuman hokimi korxonani ko‘zdan kechirib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlar va muammolarni o‘rgandi.
Mazkur korxona faoliyati hozirda vaqtincha to‘xtab turgan bo'lib, tuman hokimi tomonidan korxona ishini qayta yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishni tiklash va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.



