“Gender tenglik faoli” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-07-31 15:00:00 / Yangiliklar
“Gender tenglik faoli” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Qo‘ng‘irot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan jamiyatda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash, shuningdek, korxona va tashkilotlarda bu boradagi islohotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda turli tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Ular o‘z jamoalarida gender tenglikni ta’minlash, ayollar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish borasida amalga oshirgan ishlarini taqdim etdilar.
Tanlov yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.









