"30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan "Do‘stlik festivali" bo‘lib o‘tdi
2025-07-26 10:00:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumani "Qaratal" MFY hududida joylashgan 41-sonli maktabda "30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan "Do‘stlik festivali" bo‘lib o‘tdi.
Qo‘ng‘irot tumani hokimi o‘rinbosari J.Ametova so'zga chiqib, millatlararo do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi so‘z yuritdi.
Bundan so'ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i U.Tileumuratova so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirish, ularning milliy madaniyati, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda "Xalqlar do‘stligi kuni" bayrami va "Do‘stlik festivali" ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelinmoqda. Har yili hurmatli Prezidentimiz tomonidan ko‘p millatli xalqimizga alohida hurmat ko‘rsatilib, milliy-madaniy markazlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.
Bayram tadbiri san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.








