“Dolzarb 90 kun” doirasida 43-maktab va "Jingishke" mahallasi yoshlari uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
2025-07-25 10:00:00 / Yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” doirasida 43-maktab va "Jingishke" mahallasi yoshlari uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, fan va kasb-hunarga qiziqtirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. "Jingishke" mahallasi yoshlari uchun tumanimizdagi Ma’naviyat markazi hamda Axborot-resurs markaziga sayohat uyushtirildi.
Mazkur tashrif davomida yoshlar kitobxonlik madaniyati, milliy qadriyatlar, tarixiy meros va zamonaviy axborot manbalarining ahamiyati haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ular uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbatlari, savol-javoblar ham tashkil qilindi.
Tadbir yoshlarda ijobiy taassurot qoldirib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil bo‘ldi.




