PQ-132-sonli qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-04-25 10:00:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumanida Hurmatli Prezidentimizning "Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar) larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida"gi PQ-132-sonli qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Bekzat Madaminov so‘zga chiqib, qaror bilan Qo‘ng‘irot tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumot uchun:
PQ-132-sonli Prezident qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanida
sanoatni rivojlantirish kichik dasturi bo‘yicha:
🔹Tumandagi kichik, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi 1,1 gektar yer maydonlarida 9 ta loyihani amalga oshirish;
🔹Kichik quvvatda faoliyat yuritayotgan 8 ta sanoat korxonasining quvvatlarini oshirish;
🔹Tumandagi "Barsakelmes" yirik tuz koni zaxiralaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida kon hududida 50 gektar (temir yo‘lga yaqin hududda) maydonda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashgan "Barsakelmes Salt - Uzbekistan" kichik sanoat zonasini va Ravshan mahallasi hududida 50 gektar yer maydonida kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat zonalarini tashkil etish belgilangan.
➡️Xizmatlar sohasini rivojlantirish kichik dasturi bo‘yicha:
🔹Xalqaro ahamiyatga ega A-380 avtomobil yo‘lining tumanning "Adabiyot" QFY hududidan o‘tgan 1 km qismining 10 gektar yer maydonida xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini amalga oshirish;
🔹"Dovud ota," "Bo‘g‘raxon ota" va "Payg‘ambar qizi" kabi yirik ziyorat obyektlarida Ziyorat turizmini hamda Ustyurt tekisligida Sahro turizmini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish;
🔹Qo‘ng‘irot tumani "O‘rnek" QFY hududidagi 104 gektar hudud uchun ishlab chiqilgan master reja asosida loyihalarni amalga oshirish;
🔹22,9 mlrd. so‘m respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan tuman markazidan oqib o‘tuvchi "Ingichka" kanalining 2,5 km qismida xiyobon tashkil etish, kichik savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash nasarda tutilgan.
➡️Qaror bilan Qo‘ng‘irot tumanida qurilishni rivojlantirish kichik dasturi bo‘yicha:
🔹Respublika va mahalliy ahamiyatga ega hamda ichki avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash. Jumladan, 13,4 km asfalt qoplamasi yotqizish, 22,9 km piyodalar yo‘lagini qurish, 2 903 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
🔹Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Qo‘ng‘irot tumanidagi 22 ta mahallani toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasini yakunlash;
🔹Tuman markazida joylashgan eski shifoxonani bosh rejaga muvofiq 5 - 7 qavatli zamonaviy loyiha asosida yagona binoda barcha xizmatlar va bo‘limlarni o‘zida jamlagan tibbiyot kompleksini qurish;
🔹"Qoraqalpog‘iston" ko‘chasidagi 115 turar joy va 10 turar joy bo‘lmagan uylar, "Abdullayev" ko‘chasidagi 2 turar joy bo‘lmagan, 1 ikki qavatli ko‘p qavatli uylar va "Jinishke" kanali bo‘yidagi 11 turar joy bo‘lmagan uylarning o‘rnida zamonaviy loyihalar asosida energiya tejamkor 5-7 qavatli turar joylar va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish belgilangan.






