Qo'ng'irot tumani hokimi B.Madaminov va tuman prokurori J.Reymov tumandagi yangidan saylangan mahalla raislari bilan uchrashdi.
2025-06-10 15:00:00 / Yangiliklar

Qo'ng'irot tumani hokimi B.Madaminov va tuman prokurori J.Reymov tumandagi yangidan saylangan mahalla raislari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahalla raislari oldida turgan asosiy vazifalar, aholi bilan samarali ish olib borish, ularning daromadini oshirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, "Obod xonadon-Obod ko'cha-Obod mahalla" mezonlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Mahalla raislariga xizmat guvohnomalari hamda "Mahalla raisi" ko'krak belgisi topshirildi.






