Bolalar yozgi dam olish maskani o‘z ishini boshladi
2025-06-03 09:30:00 / Yangiliklar

O‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida "Órnek"OFY hududida "Jayxun-2" bolalar dam olish maskani o‘z ishini boshladi
Markazning ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari A.Mamutov so‘zga chiqib, bugungi kunda yosh avlodning har tomonlama komil insonlar bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq ekanligini ta’kidladi.Shundan so‘ng mehmonlar, ota-onalar markazda bolalarning ko‘ngilli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.









