"Yashil, xavfsiz va daromadli mahalla" tamoyillarini joriy etish bo‘yicha seminar tashkil qilindi
2025-06-11 10:00:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumani "Qo‘ng‘irot" OFYda namuna sifatida tashkil etilgan "Yashil, xavfsiz va daromadli mahalla" tamoyillari joriy etilgan mahallada mahalla yettiligi uchun ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni tuman xokimi B.Madaminov ochdi va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarini joriy etish, "Xavfsiz mahalla, xavfsiz ko‘cha, xavfsiz yulak" tamoyillarini joriy etish, tomorqadan samarali foydalanish, "Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla" mezonlarini joriy etish buyicha mutasaddi rahbarlarga tavsiya va topshiriqlar berdi.









