📢 E’LON! “YAŞIL LOT” LOYIHASI — QÖNĞIROT TUMANIDA!
2026-11-20 19:00:00 / Yangiliklar

🌱 Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF–206-sonli Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida Qönğirot tumanida “Yaşil lot” loyihasi doirasida jami 12 ta yer maydoni ajratiş uçun tanlab olindi.
Mazkur loyiha doirasida jismoniy va yuridik şaxslar uşbu yer maydonlarini şartnoma asosida öz nomlari bilan nomlaş, daraxt köçatlari ekiş hamda hududlarni obodonlaştiriş imkoniyatiga ega böladilar.
❗️ Eslatma: Yer maydonlari şartnoma asosida foydalanişga beriladi va mulk sifatida rasmiylaştirilmaydi. Ularda quriliş işlarini olib boriş, turli konstruksiyalar örnatiş hamda boşqa maqsadlarda foydalaniş taqiqlanadi. Şu bilan birga, aholining uşbu hududlardan umumiy foydalaniş huquqi çeklanmaydi.
🌿 Yaşil hudud yaratiş — tabiatga e’tibor, kelajakka sarmoya!
📢 Barçani uşbu ezgu taşabbusda faol iştirok etişga çorlaymiz!
📞 Murojaat uçun: +998912703636
