KOICA xalqaro taşkiloti ekspertlari Qönğirot tumanida yangi IT markazi quriş loyihasini körib çiqmoqda
2026-11-18 20:00:00 / Yangi texnologiyalardan foydalanish

KOICA xalqaro taşkiloti ekspertlari Qönğirot tumanida yangi IT markazi quriş loyihasini körib çiqmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasining 7 ta tumanida zamonaviy IT markazlarini barpo etiş hamda yoşlarni axborot texnologiyalari va raqamli könikmalar böyiça öqitişni nazarda tutuvçi loyiha doirasida Qönğirot tumanida ham amaliy işlar olib borilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) taşkiloti ekspertlari Qönğirot tumaniga taşrif buyurib, tumanda yangi IT markazi quriş uçun ajratilgan yer maydonlari bilan tanişdilar. Şuningdek, tuman hokimi B.Madaminov ekspertlar bilan birgalikda IT markazi quriş uçun taklif etilayotgan yer maydonlarini közdan keçirib, loyihani amalga oşiriş böyiça fikr almaşdi hamda mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Taşrif davomida hududlarning holati, mavjud infratuzilma va quriliş işlarini amalga oşiriş imkoniyatlari örganildi.
Şuningdek, ekspertlar tuman yoşlari bilan uçraşib, ularning axborot texnologiyalariga bölgan qiziqişi, zamonaviy kasblarni örganiş istagi va IT sohasidagi kelajakdagi rejalari yuzasidan suhbatlaşdilar. Muloqot davomida yoşlar uçun zamonaviy IT ta’lim imkoniyatlarini yaratiş, ularning bilim va könikmalarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uşbu loyiha Qönğirot tumanida raqamli ta’limni rivojlantiriş, yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi hamda kelajakda IT sohasida raqobatbardoş mutaxassislar bölib yetişişiga xizmat qiladi.







