#Oçiq_muloqot RAQAMLI KELAJAK: YOŞLAR VA IT IMKONIYATLARI
2026-11-09 20:00:00 / Matbuot anjumanlari

#Oçiq_muloqot
RAQAMLI KELAJAK: YOŞLAR VA IT IMKONIYATLARI
💻 Qönğirot tumani hokimligida «Raqamli kelajak: yoşlar va IT imkoniyatlari» mavzusida oçiq muloqot ötkazildi.
Unda tuman hokimi B. Madaminov, tegişli taşkilot va muassasalar vakillari hamda IT sohasiga qiziqiş bildirgan yoşlar iştirok etdi.
Muloqotda bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barça jabhalariga jadallik bilan kirib kelayotgani, yoşlar uçun IT sohasi yangi imkoniyatlar, zamonaviy kasblar va yuqori daromadli bandlik manbaiga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
Şuningdek, tumanda yoşlarning axborot texnologiyalari böyiça bilim va könikmalarini oşiriş, ularni zamonaviy kasblarga yö’naltiriş, IT ta’limi qamrovini kengaytiriş, frilans faoliyatini rivojlantiriş hamda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Oçiq muloqot davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar, taklif va taşabbuslarini bildirdilar. Tuman hokimi tomonidan yoşlarning fikr va takliflarini tinglaş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda IT sohasidagi imkoniyatlardan keng foydalaniş muhimligi qayd etildi.
Muloqot yoşlar bilan bevosita fikr almaşiş, ularning taşabbuslarini tinglaş va raqamli kelajak sari yangi imkoniyatlarni muhokama qiliş uçun muhim maydon böldi.
Zero, bugungi bilimli va taşabbuskor yoşlar — ertangi raqamli taraqqiyot bunyodkorlaridir!
⸻
Mas’ul:
Qönğirot tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari – ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi R.Aybergenova.









