ĞALABA BILAN QAYTGAN QAHRAMONLAR: QÖNĞIROT SPORTÇILARIDAN 9 TA MEDAL!
2026-11-09 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun Qönğirot tumani Temir yöl vokzalida "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalarining para yengil atletika yönalişida munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qölga kiritgan sportçilarimiz tantanali ravişda kutib olindi.
Sportçilarni kutib oliş marosimida Qönğirot tumani hokimining örinbosari A.Mamutov, tuman sport maktabi direktori Ş. Eşbayev, murabbiylar, ota-onalar hamda sport muxlislari iştirok etdi.
Ta’kidlaş joizki, Prezident Olimpiadasida Qönğirot tumani sportçilari jami 9 ta medalni qölga kiritişga muvaffaq böldi. Jumladan, 1 ta kumuş va 8 ta bronza medaliga sazovor böldi.
Bu natijalar sportçilarimizning tinimsiz mehnati, murabbiylarning fidoyiligi hamda sportga qaratilayotgan e’tiborning yorqin samarasidir.
Ğolib va sovrindor sportçilarimizni, ularning ota-onalari hamda murabbiylarini erişilgan yutuqlar bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va yangi marralarni zabt etişlarini tilaymiz!






