RASMIY MUNOSABAT
2026-10-27 09:00:00 / Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘ng‘irot tumani Qoraqalpog‘iston ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayonida bordyur o‘rnatish uchun joylashtirilgan armaturani avtomobil bosib ketishi oqibatida transport vositasiga zarar yetgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda armatura joylashtirilgan qism xavfsizlik maqsadida ogohlantiruvchi lentalar bilan o‘rab qo‘yilgan. Biroq, hodisa tungi vaqtda sodir bo‘lgani sababli haydovchi to‘siqni o‘z vaqtida payqamay qolgan.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda kelgusida shu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida hududda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rildi. Jumladan, ogohlantiruvchi ustunlar va yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash ishlari jarayonida nafaqat yo‘llarni obodonlashtirish, balki har bir yo‘l harakati ishtirokchisining xavfsizligini ta’minlash ham ustuvor vazifamiz hisoblanadi. Shu bois, kelgusida ham yo‘l-ta’mirlash hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish va mavjud xavf-xatarlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.
Haydovchilarimizdan ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududlarda, ayniqsa, tungi vaqtda harakatlanishda tezlikni me’yorida saqlashlarini hamda ogohlantiruvchi belgilar va to‘siqlarga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.
