QO‘NG‘IROT TUMANIDA SUN’IY INTELLEKT VA STARTAPLAR BO‘YICHA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI
2026-10-22 18:00:00 / Yangi texnologiyalardan foydalanish

Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat saroyida axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun “Axborot texnologiyalarida sun’iy intellekt va startaplar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlari, ularning turli sohalardagi qo‘llanilishi, shuningdek, startap loyihalarini ishlab chiqish va rivojlantirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yangi g‘oyalar ustida ishlash hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur seminar-trening yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularning innovatsion fikrlashini rivojlantirish va istiqbolli startap g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.









