YOSHLAR MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-10-22 21:00:00 / Yangiliklar

YOSHLAR MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumani hokimligida tuman hokimi B. Madaminov yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar davom ettiriladi.






