Qo‘ng‘irot haqidagi kitob-albom Parijda taqdim etildi
2026-10-20 19:00:00 / Yangiliklar

🌍 YANGILIKLARGA BOY KUN!
Fransiya poytaxti Parij shahridagi O‘zbekiston elchixonasida ommaviy axborot vositalari vakillari, Fransiya jamoatchiligi faollari hamda diplomatik korpus vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida joriy yilning 27-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro «Oltin qalam» XX milliy mukofoti sovrindori, Fransiyadagi «Jeorama» nashriyoti direktori Didye Labushga mukofot tantanali ravishda topshirilgani qayd etildi. Shuningdek, u O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zoligiga qabul qilindi.
✨ Brifingning yana bir e’tiborli voqeasi — «Sahhof» nashriyoti tomonidan chop etilgan «Qo‘ng‘irot — qadimiy shon, yangi zamon» nomli kitob-albomning «Jeorama» nashriyoti direktori Didye Labushga taqdim etilishi bo‘ldi.
Mazkur nashr Qo‘ng‘irotning boy tarixi, betakror madaniy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro jamoatchilikka tanitish, tumanning o‘ziga xos qiyofasini keng targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadamdir.
📚 Qo‘ng‘irot tarixi — milliy merosimiz, uni dunyoga tanitish esa umumiy maqsadimiz!
