Qo‘ng‘irotlik yosh sportchilar tantanali kutib olindi
2026-10-20 11:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 14–18-oktyabr kunlari Toshkent shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Qo‘ng‘irot tumani yosh sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, sportchilar hisobiga 11 ta oltin, 19 ta kumush va 10 ta bronza medali yozildi.
Bugun musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi.
Yosh sportchilarimizning erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.



