«Gender tenglik faoli» milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-10-13 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun Qo‘ng‘irot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, ibratli faoliyati bilan ajralib turuvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasidagi islohotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining tuman bosqichini o‘tkazdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, erkaklar va ayollarning teng huquqliligi, erishilgan yutuqlar hamda ijtimoiy faollik borasidagi tajribalarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.
Ishtirokchilarning chiqishlari, savol-javoblari va taqdimotlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, munosib ishtirokchilar aniqlanib, keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.






