QO‘NG‘IROT TUMANIDA UMUMMILLIY DIKTANT TANLOVI O‘TKAZILDI
2026-10-05 17:00:00 / Yangiliklar

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun Qo‘ng‘irot tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazida davlat tilini rivojlantirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirish, aholining savodxonligini yuksaltirish maqsadida umummilliy diktant tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda “Ustyurtgaz qazib chiqarish boshqarmasi” xodimlari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zbek adabiy tilining imlo va grammatik me’yorlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, diktant yozish orqali savodxonlik darajalarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, jamiyatda ona tiliga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarning yozma savodxonligini oshirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida ona tilimizning boyligi, uning milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi.
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlov ishtirokchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada kuchaytirib, davlat tilini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasiga aylandi.





