Qo‘ng‘irot tumanida “Zamonaviy kasblar” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi!
2026-10-04 18:00:00 / Yangi texnologiyalardan foydalanish

💻📱 Tanlovda 72 nafar yosh 💼“Eng yaxshi veb-sayt”, 📹“Eng yaxshi mobilografiya ishi” hamda 👨💻“Eng yaxshi grafik dizayn” yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, o‘z yo‘nalishida eng yuqori natijalarni qayd etgan yoshlar hududiy bosqichga yo‘llanma oldilar hamda Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Eng muhimi — hali oldinda!
🇺🇿 Tanlovning Respublika bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlarni 3 ta CHANGAN avtomobili hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash ko‘zda tutilgan.







