Ta’lim muassasasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
2026-09-23 10:00:00 / Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi deputatlarining faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Tursinbekov hamda deputat B.Otelbaev tomonidan tumandagi 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan rejalar asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda bajarilayotgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasidagi qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z muddatida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.



