Aholi murojaatlari – e’tibor markazida
2026-09-08 18:00:00 / Yangiliklar
Aholi murojaatlari – e’tibor markazida

Qo‘ng‘irot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari J. Kurbaniyazov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga amaliy yechim topish maqsadida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, har bir masala yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
