Hurmatli fuqarolar!
2026-09-08 09:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
📢 "Qo‘ng‘irot-1" shamol elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik maslahati o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan "Qo‘ng‘irot-1" shamol elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik maslahatlashuv yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Mazkur loyiha umumiy 1 500 MVt quvvatga ega bo‘lib, yiliga 5 304 GVt/soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Loyiha yiliga qariyb 2,5 million tonna CO2 chiqindilarining oldini olish bilan birga, mahalliy aholi uchun yangi infratuzilma va bandlik imkoniyatlarini yaratadi.
Uchrashuv davomida loyihaning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlari, barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining savollari va fikr-mulohazalarini bildirib, loyiha bo‘yicha ochiq muhokamada ishtirok etishlari mumkin.
📅 Sana: 2026-yil 8-oktyabr
🕑 Vaqt: 14:00-15:00
📍 Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani hokimligi konferensiya zali.
Shuningdek, shaxsan qatnasha olmaydiganlar uchun onlayn qatnashish imkoniyati ham yaratilgan. QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tib, taqdimotni ko‘rish va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Barcha qiziquvchilarni jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Qo‘ng‘irot tumani hokimligi axborot xizmati
