Sportchilar uchun yangi imkoniyatlar
2026-08-17 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Qo‘ng‘irot tumani sport maktabi sportchilari uchun zamonaviy sport inventarlari, jihozlari va sport kiyimlari ajratildi.
Mazkur sport anjomlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan taqdim etilib, bugun Yoshlar markazi majlislar zalida sport maktabi direktori Sh. Yeshbayev va jamoasi tomonidan sportchilar hamda murabbiylarga tantanali ravishda topshirildi.
Yangi sport jihozlari yoshlarning mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarini yanada yaxshilash, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish va sport turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur ko‘mak iqtidorli va istiqbolli yosh sportchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori sport natijalariga tayyorlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.








