Yosh tadbirkor qiz – raqamli texnologiyalar orqali muvaffaqiyat sari
2026-08-06 17:00:00 / Yangiliklar

#Yosh_tadbirkor
Qo‘ng‘irot tumanining yosh va tashabbuskor informatika fani o‘qituvchisi Jolmirzayeva Nurjamal Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar hamda IT sohasini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, joriy yil o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Yangi tashkil etilgan IT maskanida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor bugungi kunda 200 nafardan ortiq o‘quvchiga zamonaviy axborot texnologiyalari, startap loyihalar yaratish hamda raqamli xizmatlar orqali daromad topish sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
E'tiborlisi, uning shogirdlari orasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etib, mustaqil daromad topishni boshlagan, oilasiga moddiy ko‘mak berayotgan yoshlar ham bor. Bu esa ta'limning amaliy natija berayotganidan dalolatdir.
Yosh tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Uning rejasiga ko‘ra, joriy yil sentyabr oyida yana 5 nafar yosh doimiy ish bilan ta'minlanadi.
Yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etilishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar bugun ana shunday tashabbuskor yoshlar misolida o‘zining amaliy samarasini ko‘rsatmoqda.
https://t.me/qongiratrkuz/71576
